NIYAT QILINGAN ISMNI BOSHQASIGA ALMASHTIRISH

ID: 4868

06.12.2025

188

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Allohdan farzand ko'rish uchun niyat qilib, "O'g'il bersang, ismini Muhammad qo'yaman" degan edik. Hozirda qarindoshlar orasida bu ismdan deyarli hammasi foydalangan. Shu sababli tug'ilajak farzandimizning ismini Abdulloh deb qo'ymoqchi bo'lib turibmiz. Shu haqda maslahat bersangiz. Oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom varohmatulloh vabarokatuh. Shariatda farzandga muayyan ismni qo'yishni niyat qilish bajarilishi shart bo'lgan nazr hisoblanmaydi, shu bois uni o'zgartirishingiz joizdir. «Abdulloh» eng go'zal ismlardan biri bo'lgani uchun, hech qanday ikkilanishsiz shu ismni qo'yavering. Alloh farzandingizga salohiyat va uzoq umr nasib etsin! Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar