NISOBGA EGA FARZAND OTASI NOMIDAN QURBONLIK

ID: 12707

30.05.2026

90

Savol:

Assalomu alaykum. Nisobga ega farzand qurbonlikni birga yashaydigan otasining nomidan qilishi joizmi? Ota va bola bir uyda istiqomat qiladi.

Javob:

Vaalaykum assalom. Agar farzandning o'zi zakot nisobiga ega bo'lsa, shariatga ko'ra qurbonlik qilish birinchi galda uning o'z zimmasiga vojib bo'ladi va otasi nomidan qurbonlik qilinishi farzandning zimmasidagi vojibni soqit qilmaydi.

Agar farzand (o'z vojibini ado etgach yoki otasi uchun nafl sifatida) birga yashaydigan otasi nomidan qurbonlik qilmoqchi bo'lsa, jonliqni avval otasiga hadya qilishi va otasi uni to'liq o'z mulkiga qabz qilib (qabul qilib) olishi shartdir.

Ota jonliqni o'z mulkiga kiritganidan so'nggina, uning nomidan qurbonlik qilish durust bo'ladi va bunda ota so'yish ishiga farzandini vakil qilishi joizdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar