Man ayolim xayz vaxtida taloq qilgan edim keyin 1 oydan keyin yana taloq qilishimni söradi jaxlimni qastdan chiqardi taloq berishim uchun man taloq dedim yana lekin bu safar xayz holatida emas edi, endi 2 marta taloq qilgan bölamanmi yoki xayz vaxtida aytganim uchun bitta taloq hisoblanadimi? Shuni batafsil tushuntirsangiz
Assalomu alaykum. Ha, hayz holatdagi taloq ham tushgan hisoblanadi. Imom Muslim rivoyat qilgan quyidagi hadisda “Ibn Umar roziyallohu anhumo ayolini hayz vaqtida taloq qiladi. Umar roziyallohu anhu bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘raganida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Unga aytgin, xotinini qaytarib olsin. Xotini hayzdan poklansa, xohlasa taloq qilsin” – deb, javob beradilar. Ushbu hadisdan hayz vaqtida aytilgan taloq tushishi va bir taloq bo‘lgani uchun qaytarib olish joizligi ma’lum bo‘lmoqda. Lekin uch taloq qilinganda xotinni qaytarib olishning iloji qolmaydi. Vallohu a’lam.