NIKOX

ID: 2151

25.08.2025

355

Savol:

Bir ayol birinchi turmushidan qiz farzandiga ega bo‘lsa, keyinchalik nikohsiz (zino orqali) bir erkak bilan jismoniy yaqinlik qilsa, shu erkak o‘sha ayolning qiziga uylanishi mumkinmi? Yoki uylan bogan bosa xukmi nima?

Javob:

Hanafiy fiqhiga ko‘ra, erkak kishi zino orqali bir ayol bilan jinsiy yaqinlik qilsa, ular o‘rtasida “hurmati musoharat” (ya’ni, qon-qarindoshlik kabi nikohni harom qiluvchi yaqinlik) sobit bo‘ladi. Buning natijasida o‘sha ayolning onasi va qizi bu erkakka abadiy haromga aylanadi. Shu sababli, erkak zino qilgan ayolining boshqa eridan bo‘lgan qiziga uylanishi mutlaqo mumkin emas. Bu ish eng og‘ir gunohlardan hisoblanadi va bunday nikoh bog‘lanmaydi. Agar erkak bir ayol bilan zino qilishi orqali "hurmati musoharat" sobit bo‘lganidan keyin, ya’ni o‘sha ayolning qizi unga abadiy haromga aylanganini bila turib yoki bilmasdan, o‘sha qizga uylangan bo‘lsa, bu nikoh botil hisoblanadi. Chunki nikohning asosiy shartlaridan biri – kelinning kuyovga shar’an halol bo‘lishidir. Shuning uchun, bunday “nikoh”dan keyingi birga yashash ham zino hukmida bo‘ladi va ular darhol ajralishlari shart. Qilingan gunoh uchun har ikkisiga ham tavba qilish vojib bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar