Tavof qilayotib sanoqda adashib ketib, qancha aylanganini bilmay qolsa, tavof qilayotgan qanday yo‘l tutadi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Bu savolga haj va umra masalalariga bag‘ishlagan “Irshodus soriy” kitobida kelgan ma’lumotni javob sifatida taqdim etamiz:
ولو شك في عدد الأشواط ) أي بالزيادة أو النقص في طواف الركن ) أي ركن الحج أو العمرة ( اعاده ) أي احتياطة ( ولا يبني على غالب ظنه ...ثم مفهوم المسألة أنه إذا شك في عدد أشواط غير الركن لا يعيده بل يبني على غلبة ظنه لأن أمر غير الفرض مبني على التوسعة والظاهر أن طواف الواجب في حكم الركن لأنه فرض عملي
“Ziyoratchi rukn tavofning aylanasida shak qilib qolsa, o‘sha shak qilgan aylanasini qaytarib qiladi. Gumoniga qay tomonga boshlashiga qarab ish tutmaydi. Masalaning mohiyati shuki, tavof qilayotgan kishi rukn bo‘lmagan tavof aylanasida shak qilsa, qayta qilmaydi, balki gumoni qay tomonga boshlashiga qarab ish tutadi. Vojib tavoflar ham rukn tavofning hukmida bo‘ladi. Chunki vojib amal amaliy farz hisoblanadi”.
Agar ziyoratchi tavof qilib bo‘lgandan keyin ko‘ngliga ana shunday shak kelsa, keyingi ibodatida davom etaveradi, qalbidagi shakka quloq solmaydi. Chunki tavofdan keyingi shak-shubhalarning e’tibori qolmaydi. Ammo birorta ishonchli odam, “Tavofda yettita emas, oltita aylana qildingiz” deb aniq ishonch bilan aytsa, o‘sha bittani bajarib qo‘yadi. (“G‘unyatun nosik”). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.