NECHA MARTA SAJDA QILISHIMIZ KERAK BO‘LADI?

ID: 231

04.04.2025

10

Savol:

Biz Qur’on kursida o‘qiymiz. Ustoz bir oyat o‘qiydi. Biz talabalar orqasidan takrorlaymiz. Sajda oyati kelganida ham shunday bo‘ladi. Ustoz oyatni o‘qiydi. Biz esa orqasidan takrorlaymiz. Shu holatda necha marta sajda qilishimiz kerak bo‘ladi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Agar ustoz sajda oyatini o‘qisa va sizlar ham aynan o‘sha oyatni o‘qisangiz, ustozdan eshitganingiz uchun ham, o‘zingiz o‘qiganingiz uchun ham bitta sajda qilasizlar. Shu kifoya qiladi. Sharti oyat ham, o‘qilgan joy ham bitta bo‘lishi lozim. 

وَفِي الْبَزَّازِيَّةِ : سَمِعَهَا مِنْ آخَرَ وَمِنْ آخَرَ أَيْضًا وَقَرَأَهَا كَفَتْ سَجْدَةٌ وَاحِدَةٌ فِي الْأَصَحِّ لِاتِّحَادِ الْآيَةِ وَالْمَكَانِ ، فَعَلَى هَذَا لَوْ قَرَأَهَا جَمَاعَةٌ وَسَمِعَهَا بَعْضُهُمْ مِنْ بَعْضٍ كَفَتْهُمْ وَاحِدَةٌ

“Bazzoziya”da: “Kishi bir odamdan sajda oyatini eshitdi. Aynan shu oyatni yana boshqa bir odamdan eshitdi. Keyin shu oyatni o‘zi ham o‘qisa, asahh so‘zga ko‘ra oyat va makon bitta bo‘lgani sababli bitta sajda kifoya qiladi”, deyilgan.

Shunga ko‘ra agar bir jamoa sajda oyatini o‘qisa, o‘qiganida ba’zilari ba’zilaridan eshitsa, bir marta sajda qilsalar kifoya qiladi. “Raddul muhtor”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar