NAZRNI YAQINLARGA BERISH HUKMI

ID: 3887

03.11.2025

68

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Ustoz, mening qarzlarim bor, ko‘p. Misol uchun, 100 million. Men Allohdan so‘radim: "Allohim, qarzimni uzishga yordam ber". Topgan pulimdan nazr qilaman, 10 foizini nazr qildim. Shunda bu pulni yaqinlarimga bersam bo‘ladimi? Ya’ni, turmush o‘rtog‘im kontrakt asosida o‘qiydi, masalan, o‘shanga bersam bo‘ladimi? Rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Fiqhga ko‘ra, kishi o‘z nazrini turmush o‘rtog‘iga, ota-onasiga va farzandlariga berishi joiz emas, chunki ular uning ta’minotidagi shaxslar hisoblanadi. Shu sababli, bu pulni turmush o‘rtog‘ingizning kontrakt to‘lovi uchun bera olmaysiz. Bu mablag‘ni zakot olishga haqli bo‘lgan, ya’ni ehtiyojidan ortiqcha nisobga ega bo‘lmagan boshqa qarindoshlarga yoki begona faqir-miskinlarga berishingiz lozim. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar