NAZR SOHIBI NAZR QILINGAN HAYVONNING GO‘SHTIDAN YEYISHI MUMKINMI?

ID: 53

04.04.2025

152

Savol:

Dadam yaqinda jarrohlik amaliyotiga kirishlaridan oldin nazr qildim, ya’ni allohga va’da qildim, insha Alloh jarrohlik amaliyotidan shifo topib chiqsalar, bitta mol so‘yib ehson qilaman deb. Shu nazr qilingan go‘shtni man yeyishim mumkin emasmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Ko‘zlagan maqsadi hosil bo‘lsa, nazrni ado etish vojib bo‘ladi. Qurbonlikdan boshqa niyatda, misol uchun, «Falon hojatim ravo bo‘lsa, jonliq so‘yaman (dardga davo topilishi, mushkulotlarning arishi, safardagilarning eson-omon qaytib kelishi va hokazo)» degan niyatda jonliq so‘yish nazr qilinganda so‘yilgan jonliqning go‘shtini sadaqa olishga haqli bo‘lganlarga ulashib berish vojib bo‘ladi. Bunda nazr sohibi va uning ahli hamda boy insonlar nazr qilingan jonliqning go‘shtidan yeyishi halol bo‘lmaydi.

(قوله: أي مصرف الزكاة والعشر) ... وهو مصرف أيضا لصدقة الفطر والكفارة والنذر وغير ذلك من الصدقات الواجبة كما في القهستاني".

“Zakot va ushrni olishga haqli toifa fitr sadaqasi, kafforat, nazr kabi vojib sadaqalarni olish uchun haqli o‘rin hisoblanadi. “Ko‘histoniy”da shunday kelgan”. (Raddul muhtor).

وأما ما عدا هذه الثلاثة كدماء الكفارات كلها والنذور وهدي الإحصار وهدي التطوع إذا لم يبلغ الحرم" فلا يجوز له الأكل منه ولو فقيرًا ولا لمن بينهما ولاد أو زوجية، ولا لغني بل لكل من لا تحل له الزكاة 

“Kishining (o‘zi so‘ygan) nazr va kafforat uchun so‘yilgan jonliqlar, ihsor(hajdan to‘silgan), haramga yetib bormagan ixtiyoriy qurbonliklardan garchi faqir bo‘lsa ham yeyishi mumkin emas. Shuningdek, orasida tug‘ishganlik va er-xotinlik aloqasi borlar hamda boy shaxslar yeya olmaydi. Umuman olganda zakot olishi halol bo‘lmaydigan kishilarning bu jonliqdan yeyish mumkin emas”. ("G‘unyatun nosik" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar