Assalomualaykum. Men avtomabilimni bir yildan keyinga pulini berishga nasiyaga sotdim. Ammo mashinamni o‘zi minishi sharti bilan sotdim ya‘ni sotib yuborishga rozi bo‘lmadim. Chunki mashinamni pulini olishim uchun mashinamni o‘zi garov sifatida qoldi. Savolim shuki shartnomamiz noto‘g‘ri emasmi. Eshitdimki mashinamni olgan odam uni xoxlasa sotishi mumkin bo‘lishi kerak ekan. Shu xolatga nima deyilgan dinimzda. Javob uchun oldindan rahmat.
Va alaykum assalom va rohmatulloh. Bismillahir Rohmanir Rohim. Yo'q, sizning ushbu shartnomangiz noto'g'ri emas. Чunki nasiya savdoda sotuvchi sotilgan narsaning pulini to'liq olmagunigacha sotilgan tovarning o'zini garov qilishi mumkin. Agar ma'lum bir muddatga nasiyaga sotilgan tovarni garov qilingan bo'lsa, xaridor uni sotishi joiz bo'lmaydi. Agar sotib юborsa, puli garovga aylanadi. Ammo bu holatda sizning roziligingiz bilan uchinchi shaxsga sotishi joiz bo'ladi. Vallohu a'lam.