Assalomu alaykum, hozirda banklarda qarzga pul olsa buladi, misol uchun 100.000 so'm olsa 5% xizmat haqqi bor, bu qarz ni 105 ming qilib qaytarish kerak 1 oy ichida, agar 1 oydan oshib ketsa 12 oyga foizli ravishda bo'linib ketadi, endi 105 ming emas 130 mingni 12 oyda to'lash kerak bo'ladi. Shu banklardan pul zarur bulib qolganda pul olish joizmi?
Dinimiz qoidalariga ko‘ra, qarz evaziga xizmat haqqi – ribo (sudxo‘rlik) hisoblanadi. Shu tufayli ulamolar bu kabi narsalardan saqlanishni tavsiya qiladilar.