Savolim shuki, namoznngi uchinchi hamda to'rtinchi rakatlarida zam sura oqiladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Farz namozlarning uchinchi va to'rtinchi rakatlarida zam sura o'qilmaydi. Fotiha surasining o'zi o'qiladi, xolos. Zam sura o'qib qo'ysa, tanzihiy makruh ish qilgan bo'ladi. Vojib, sunnat va nafl namozlarning mazkur rakatlarida esa, zam sura o'qiladi. Vallohu a'lam.