Assalomu alaykum, Ustozlar. Ko'pincha namoz o'qish uchun masjidga borsam, imomga "iqtido qildim" deyishni unutaman niyatni aytayotganda. Va 2-3 kishi bo'lib namoz o'qisak, "imom bo'lishni niyat qildim" demayman. Shu namozlarim nima bo'ladi?
Vaalaykum assalom. Niyat durust bo'lishi uchun uni til bilan aytish shart emas, dildan o'tkazish etarlidir. Agar namozga kirishayotganingizda qalbingizda imomga ergashish yoki jamoatga imom bo'lish maqsadi turgan bo'lsa, shuning o'zi kifoya va o'qigan namozlaringiz durust hisoblanadi. Niyatni til bilan talaffuz qilish mustahab amaldir, farz emas. Vallohu a'lam.