Namozdan kiyin 33 marta "Subhanalloh", 33 marta “Alhamdulillah” va 33 marta "Allohu akbar" deb tasbeh aytishni savobi qay darachada ekani haqida ma’lumot bersangiz ustoz, iltimos!
Bismillahir rohmanir rohiym.
Namozdan keyingi tasbehlar haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagicha marhamat qilganlar:
مَنْ سَبَّحَ اللَّهَ دُبُرَ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ وَحَمِدَ اللَّهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ وَكَبَّرَ اللَّهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ فَتْلِكَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ وَقَالَ تَمَامَ الْمِائَةِ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ غُفِرَتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ (رواه الامام مسلم عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)
“Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta “Subhanalloh”, o‘ttiz uch marta “Alhamdulillah”, o‘ttiz uch marta “Allohu akbar”, desa bu to‘qson to‘qqizta bo‘ladi, yuzinchisida “Allohdan o‘zga iloh yo‘q, u yakkayu yagonadir, uning sherigi yo‘q, mulk unikidir, maqtov ungadir, u hamma narsaga qodirdir”, desa, agarchi gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham kechiriladi” (Imom Muslim rivoyatlari).
Bizning yurtlarimizda asrlar davomida zikrlar farzlardan so‘ng sunnati bo‘lsa, ularni ado qilib bo‘lingandan keyin ado etib kelingan. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.