NAMOZDAN KEYINGI TASBEHLAR

ID: 7463

15.02.2026

466

Savol:

Har 5mahal namoz oʻqisa har namozni ohirida subhanah Alhamdulillah Allohu Akbar 33martadan etish shartmi majburiymi bu

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Namozdan keyin o'qiladigan Oyatal kursi va zikrlar Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bizga qilgan tavsiyalari bo'lib, mustahab darajasidagi amallardir (Mustahab haqida bu erda o'qing: https://t.me/diniysavollar/468). Ularga doimiy amal qilib юrish katta ajrlar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Lekin unga amal qilmagan kishi katta imtiyoz va savoblardan quruq qolsa-da gunohkor bo'lmaydi.

Namozdan keyingi tasbehlar haqida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam quyidagicha marhamat qilganlar:

مَنْ سَبَّحَ اللَّهَ دُبُرَ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ وَحَمِدَ اللَّهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ وَكَبَّرَ اللَّهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ فَتْلِكَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ وَقَالَ تَمَامَ الْمِائَةِ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ غُفِرَتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ (رواه الامام مسلم عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)

ya'ni: “Kim har namozdan keyin o'ttiz uch marta “Subhanalloh”, o'ttiz uch marta “Alhamdulillah”, o'ttiz uch marta “Allohu akbar”, desa bu to'qson to'qqizta bo'ladi, юzinchisida “Allohdan o'zga iloh yo'q, u yakkaю yagonadir, uning sherigi yo'q, mulk unikidir, maqtov ungadir, u hamma narsaga qodirdir”, desa, agarchi gunohlari dengiz ko'pigicha bo'lsa ham kechiriladi” (Imom Muslim rivoyatlari).

Shuni ham eslatib o'tish kerakki, юqoridagi zikrlarning adad va iboralari turli hadislarda turlicha kelgan va ularning har biriga amal qilish mumkin. Юrtimizda esa namozdan keyin mazkur hadisda keltirilgan zikrlarni qilish urfga aylangan.

Payg'ambarimiz alayhissalom farz namozlardan keyin "Oyatal kursiy"ni o'qishning fazilati haqida shunday deydilar:

من قرأ آية الكرسي في دبر الصلاة المكتوبة كان في ذمة الله إلى الصلاة الأخرى (رواه الامام الطبراني عن الحسن بن علي رضي الله عنه)

ya'ni: “Kim har bir farz namozidan keyin Oyatal kursini o'qisa, keyingi namozgacha Alloh taoloning zimmasida bo'ladi” (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Boshqa hadisi sharifda shunday deyiladi:

من قرأ أية الكرسي دبر كل صلاة مكتوبة لم يمنعه دخول الجنة إلا أن يموت (رواه الامام النسائي عن أبي أمامة رضي الله عنه)

ya'ni: “Kim har bir farz namozning ortidan Oyatal kursini o'qisa, uni jannatga kirishdan faqatgina o'lim to'sib turadi” (Imom Nasoiy rivoyatlari).

Xulosa qilib aytganda zikru tasbehlar hech qanday xarajat talab qilmaydigan, insonga mashaqqat юklamaydigan amallardir. Lekin ular tilga oson bo'lishiga qaramay, qiyomat kuni amallar tarozusini to'ldirib, og'ir bosadi. Bu Alloh taoloning biz Islom ummatiga bergan katta imtiyozi va marhamatidir. Diyorimizda qadimdan ushbu go'zal Nabaviy tavsiyalarga amal qilib kelinmoqda va buning ba'zilar da'vo qilgani kabi shariatimizga zid keladigan joyi yo'q. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar