NAMOZDAGI SAJDA HOLATIDA KO‘Z YUMILADIMI?

ID: 601

04.04.2025

30

Savol:

Namozda sajda holatida ko‘z yumiladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Sajda paytida ko‘z yumilmaydi. Hanafiy mazhabimizdagi mo‘’tabar manbalardan biri “Tuhfatul muluk” kitobida bu haqda shunday deyilgan:

يستحب أن يكون نظر المصلي في قيامه: إلى موضع سجوده وفي ركوعه: إلى أصابع رجليه وفي سجوده: إلى طرف أنفه وفي قعوده: إلى حجره وعند التسليمة الأولى: إلى كتفه الأيمن وعند الثانية: إلى كتفه الأيسر

ya’ni: “Namozxon tik turganida ko‘zini sajda qiladigan joyiga, rukusida oyoq barmoqlariga, sajdasida burnining uchiga, o‘tirganida bag‘riga, birinchi salomida o‘ng yelkasiga, ikkinchi salomida chap yelkasiga qaratib o‘tirishi mustahab hisoblanadi”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar