NAMOZDAGI QIROATDA TELEFONGA QARAB O'QISH

ID: 10018

28.03.2026

370

Savol:

Assalomu aleykum. Savolim namoz õqiyotgan paytda zam sura uchun quron yoki telefondan foydalangan holda õqish mumkinmi

Javob:

Va alaykum assalom. Hanafiy mazhabining mo''tabar fatvolariga ko'ra, namoz o'qiyotgan vaqtda Qur'onga yoki telefon ekraniga qarab qiroat qilish namozni buzadi. Shu sababli, farz yoki nafl namozlarida zam surani yoddan o'qish lozim, agar suralarni hali to'liq yod olmagan bo'lsangiz, o'zingiz bilgan eng qisqa suralarni takrorlab o'qishingiz joiz, ammo namoz ichida kitob yoki telefondan foydalanish mumkin emas. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar