Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh Men bazan namozlarimda ikkinchi sajdani qildimmi yoki yoʻqmi bilmay qolaman. Men bunday vaziyatlarda nima qilay?
Bitta sajdani tark etish bilan namoz buzilgan hisoblanadi. Namozda ikkinchi sajda ham birinchi sajda kabi farz hisoblanadi. Uni unutib tark etgan kishi namoz asnosida esiga kelganida bajarib qo‘yishi va namoz oxirida sajdai sahv qilishi lozim bo‘ladi. Agar sajda qilmasa, namozi buzilgan va qayta o‘qishi kerak bo‘ladi. Sajdai sahv qilishning o‘zi bilan to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Chunki sajdai sahv unutib tark etilgan vojib amal uchun qilinadi.