Namozda qiroat qilish farz deyishadi. Bunga dalil nima ekanini aytib bersangiz?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Namozda qiroat qilish farz ekani borasida barcha fiqhiy kitoblarimizda bayon qilingan. Hanafiy mazhabimizdagi eng mo‘’tabar allomalardan bo‘lmish Mulla Aliy Qori rahmatullohi alayh o‘zlarining “Fathu bobil inoya” nomlik asarlarida namozda qiroat qilish farz ekaniga quyidagi dalillarni keltirganlar:
Alloh taolo Qur’oni karimda bunday degan:
فَاقْرَءُوا مَا تَيَسَّرَ مِنَ الْقُرْآَنِ
ya’ni: “Endi Qur’ondan muyassar bo‘lganicha o‘qinglar!” (Muzzammil surasi 20-oyat).
Payg‘ambarimiz alayhissalom hadisi sharifda shunday deganlar:
ثُمَّ اقْرَأْ مَا تَيَسَّرَ مَعَكَ مِنَ الْقُرْآنِ (رواه الإمام مسلم عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)
ya’ni: “... So‘ngra Qur’ondan o‘zingizga oson bo‘lganini o‘qing!” (Imom Muslim rivoyatlari). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.