Namozdagi ikki sajda orasida qisqa vaqtda qa’dada o‘tirganda chap oyoq ustiga o‘tiriladimi yoki oyoq holati o‘zgartirilmaydimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra namozdagi barcha o‘tirishlarda (ya’ni, qa’da va jalsalarda) erkaklar chap oyoqlarini to‘shab o‘tiradilar va o‘ng oyoqlarini tik qilib, oyoq barmoqlarini qiblaga qaratgan holda tutadilar.
Mazkur masala bo‘yicha “Tanvirul-absor” kitobida namozning sunnatlarini sanab, ulardan biri sifatida qa’dada “chap oyog‘ini to‘shab o‘tirishdir” deyilgan. Ibn Obidin rahimahulloh “Raddul-muhtor” kitobida, unga izoh berib: “Shuningdek, Shayx Qosimning fatvosida aytilgani kabi ikki sajdaning orasida ham shunday o‘tiriladi” deganlar. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.