NAMOZDA ESNASH

ID: 2073

21.08.2025

292

Savol:

Ba'zi paytlarda namozda esnayman va shu payt Payg'ambarimiz buyurganlaridek og'zimni yopsam namozim buzulib sajdai sahv qilishim shart emasmi? va o'zi nega namozda esnaymiz?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Imkon qadar esnashni qaytarishga urining. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan: "Esnash shaytondandir, kim esnasa, og‘zini yopsin", degan mazmunda hadis kelgan.

Namozda esnash masalasida esnov kelganda avval iloji boricha og‘izni ochmay, esnashni qaytaradi, hech iloji bo‘lmasa, tik turganda o‘ng qo‘lning ichi bilan, o‘tirganda chap qo‘lning orqasi bilan og‘izni berkitiladi. Og‘izni berkitgani uchun namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar