NAMOZ XAKIDA

ID: 2184

25.08.2025

144

Savol:

Assalomu aleykum va raxmatulloxu va barakatux ilmingizni Allox ziyoda kilsin Men chet davlatda savdo soxasida ishlayman meni savdo joyim stolba yani ustuni Tagida kunduzlari tepadan kushlar axlat tashlaydi ustimga libosimga bazi paytlari tegadi namozimga zarari bormi shu kiyim bilan namoz ukish joizmi tozalap yo najosat xisoblanadima tushuntirib bering... Allox rozi bulsin

Javob:

Go‘shti halol qushlar masalan kabutar, musicha, chumchuq va kakku kabi qushlarning axlati pokdir. Chunki ulardan saqlanish qiyin. Kabutarlar Payg‘ambarimiz alayhissalom davrlarida ham masjidlarda yashagan. Bunga hech kim e’tiroz bildirmagan. Mabodo ularning axlati kiyimga tegsa va shu holatda namoz o‘qib qo‘ysa, namozi durust bo‘ladi, hech qanday karohiyati yo‘q. Bu haqida Sodrushsharia Ubaydulloh ibn Mas’ud rohimahulloh shunday zikr qilganlar: وأَمَّا خُرْءُ طَيرٍ يُؤكَلُ فَطَاهِرُ، إِلَّا الدَّجَاجَ فَإِنَّه غَلِيظٌ “Ammo go‘shti yeyiladigan qushlarning tezagi pokdir. Faqat tovuqniki og‘ir najosatdir” (“Nuqoya” kitobi). Lekin burgut, lochin, qirg‘iy, boyo‘g‘li kabi yirtqich yoki o‘laksaxo‘r qushlarning tezagi yengil najosat hisoblanadi. Unday najosat kiyimning to‘rtdan bir qismi va undan ko‘prog‘iga tegsa, u bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi. Kiyimdagi najosat undan kam bo‘lsa va o‘sha kiyimda namoz o‘qib qo‘ysa, namozi durust. Albatta, kiyimida bunday najosat borligini bilgan kishi uni yuvib keyin namoz o‘qishi mustahabdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar