NAMOZ VAKTI

ID: 3344

16.10.2025

65

Savol:

Assalamu alaykum. Agarda inson Asr kirganini bilmay qolib peshinga niyat qilib namoz o’qisa, bu namoz asrga utadimi, yoki asrini boshqatdan o’qish kerakmi? Peshin qazosini xam boshqatdan o’qish kerak bo’ladimi?

Javob:

Agar asr vaqti kirganini bilmasdan peshin namozini niyat qilib o‘qigan bo‘lsangiz, bu namozingiz peshinning qazosi o‘rniga o‘tadi. Siz vaqtida o‘qidim deb niyat qilgan bo‘lsangiz ham, namoz o‘z vaqtidan keyin o‘qilgani uchun o‘z-o‘zidan qazo hisoblanadi. Shu sababli, peshin namozining qazosini qayta o‘qish shart emas.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar