NAMOZ VA IBODATLARGA SEVIB SHAVQ BILAN BORISH

ID: 9497

18.03.2026

151

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh domla men bu savolni anchadan beri o'zimga beraman namozga yoki qur'on o'qimoqchi bolsam ularni shunchaki farz bo'lgani uchun qilinish zarurligi uchun qilyapman ularga muhabbat bilan ishtiyoq bilan bormayapman domla buni to'g'irlash uchun nima qilsam boladi javobingiz uchun tashakkur

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Avvalo shuni bilish kerakki, ibodatlarni faqat farz ekani uchun ado etayotgan bo'lsangiz ham, buning o'zi katta fazilatdir. Чunki siz Allohning buyrug'ini tark etmayapsiz. Ammo, albatta, ibodatni muhabbat, ishtiyoq va xushu' bilan ado qilish yanada go'zal va afzaldir. Bu holatga erishish uchun bir nechta yo'llar bor:

  • Nafl ibodatlarni, ayniqsa tahajjud namozini ko'paytirishga harakat qiling.
  • Solih kishilar va ahli ilmlar bilan suhbatda bo'ling, ularning holati qalbga ta'sir qiladi.
  • Obid va zohid zotlarning hayotini o'qing, ularning Allohga bo'lgan muhabbati sizga ham o'tadi.
  • Namoz va tilovatni xushu' bilan, ma'nolarini his qilib ado etishga intiling. Eng muhimi – Alloh taolodan qalbingizga muhabbat va ixlos berishini so'rab duo qiling. Чunki qalblarni to'g'rilaydigan Zot - faqat Udir. Alloh taolo sizga ibodatda lazzat va muhabbat nasib etsin. Amin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar