Assalomu alaykum va rahmatulloh. Men namoz o'qiyotganimda ko'pincha necha marta sajda qilganim yodimdan ko'tarilib qolmoqda. Xuddi bir marta sajda qilgandek bo'lib qolayapman, yana bir bor qilsam, uch marta qilgandek tuюlayapti. Shunda nima qilsam bo'ladi?
Vaalaykum assalom varohmatulloh. Namoz o'qiyotgan kishi ikkinchi sajdani qildimmi yoki yo'qmi, deb shakka borsa, avvalo uni qilgan yoki qilmaganini aniqlashga harakat qiladi. Bu vaziyatda shariatimiz ko'rsatmasiga ko'ra quyidagicha yo'l tutasiz:
Agar gumoningiz bir tomonga ko'proq og'sa, shu g'olib gumoningizga asosan yo'l tutasiz.
Agar aniq bir to'xtamga kela olmay, ikkilanishda davom etsangiz, u holda sajdani bajarmagan deb hisoblaysiz va namozning qaeriga kelgan bo'lsangiz, o'sha erda yana bitta sajdani qilib qo'yasiz. Namozning oxirida esa xatoni to'g'rilash uchun sajdai sahv qilasiz.
Bu hukmlar namozning ichida shak qilingan holatga tegishlidir. Agar namozni o'qib bo'lganingizdan keyin shunday shakka tushib qolsangiz va aniq bilmasangiz, unga ahamiyat bermaysiz va namozingizni qayta o'qimaysiz. Vallohu a'lam.