Yomon amal bilan yaxshi amalni teng ushlab kelayotganlarga dinimiz qanday qaraydi? Misol: 5 mahal namoz o‘qiydiyu baxshilik qiladi va fol ochadi. O‘shanga o‘xshash.
Bismillahir rohmanir rohiym.
Namoz o‘qish farz amali, uni bajarish bandalarning majburiyatidir. Agar inson namoz o‘qib ham yomon ishlardan qaytmayotgan bo‘lsa, bu yaxshi holat emas. Chunki Alloh taolo: (Ey, Muhammad!) Kitob (Qur’on)dan Sizga vahiy qilingan narsani tilovat qiling va namozni barkamol ado eting! Albatta, namoz fahsh va yomon ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri (barcha narsadan) ulug‘dir. Alloh qilayotgan ishlaringizni bilur (Ankabut surasi 45-oyat).
Demak, Alloh taoloning huzurida qabul bo‘lgan namoz o‘z egasini yomon ishlardan, gunohlardan qaytarishi aniq bo‘ldi. Shunday ekan, besh vaqt namozni vaqtida o‘qib turib, boshqa gunohlardan qayta olmayotgan kishi — namozlarini mukammalligiga e’tibor qilishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.