NAMOZ HAQIDA

ID: 2835

26.09.2025

85

Savol:

Assalamu aleykum domla bir savolim bor edi, shu ba’zida ish jarayonida ehtiyotsizligim sababida qo‘limni shikastlab olaman. Bir ikkita kichik yaralar paydo bo‘lib qoladi, shunday holatda g‘usl va tahoratni qanday qilib olsam boladi? Masalan oyoq qisimida barmoqda kichkina yara bo‘lsa qanday g‘usl qilish kerak boladi? Ba’zilar biror narsa bilan bog‘lab yuvunib olsa bo‘ladi, deyishadi. Rostni aytsam shu tahorat va g‘usl to‘g‘risida ilmsizligim sababidan ba’zi namozlarimni qazo bo‘lib qolgan ekan. Javob uchun oldinan rahmat.

Javob:

Agar yaraga suv tegishi uning bitishini kechiktirish, og‘riqni kuchaytirish kabi zararlar keltirmasa, tahorat va g‘usl paytida uni yuvish shart. Ammo suv tegishi zararli bo‘lib, yara biror narsa bilan bog‘langan bo‘lsa, o‘sha a’zoni yuvayotganda bog‘langan joyning atrofidagi sog‘lom terini yuvasiz. So‘ng ho‘l qo‘lingiz bilan bog‘ichning ustiga mash tortasiz, bu yuvish o‘rniga o‘tadi. Ushbu hukm ham tahoratga, ham g‘uslga birdek tegishlidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar