NAMOZ HAKIDA

ID: 2893

28.09.2025

52

Savol:

Assalomu alaykum Xanafiy mazhabida Namozga Takbir aytib kirishda bosh barmoq quloq yumshog'iga emas balki qo'llarni yelka barobarida ko'tarish Sunnatga muvofiq deb videoda ko'rgandim. Bu qanday bo'ladi tushuntirib bersangiz. Javob uchun oldindan raxmat

Javob:

Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi. Bu haqida Faqih Abu Ja’far rohimahulloh shunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi. Shamsulaimma Saraxsiy rohimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar. (“Muhiyt” kitobi).
Ushbu video darsni ham ko‘ring: https://t.me/diniysavollar/4861

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar