NAMOZ

ID: 6826

31.01.2026

49

Savol:

Assalomu alaykum.Men Qoqondanman.Toshkentga parnikda ishlagani kelganmiz. 1 oyni niyat qilib .savolim shuki namoz va tahoratga oid qanday yengillik bor.Parnikda atirgulni yonidagi òtlarni yulamiz atirgulni tikoni qòlga bahosadan kirib ketadi va bazan qòlim ozgina qonaydi shunday holatda tahorat buziladimi? Odatda men namozda 1 rakatda kavsar 2 rakatda ihlos suralarini òqiyman peshinda ham shunday peshinning sunnatida 3 rakatda falaq 4 rakatda nos suralarini òqiyman.Bazan esa 1 rakatda asr surasini òqiyman yani shu suralarni òqishni òzimga odat qilib olganman. Shu ishim tòĝrimi? Har doim bir namozni òqib bolganimda masalan bomdod namozining 2 rakat sunnatini òqib 3 marta istiĝfor aytaman va "ALLOHUMMA ANTAS SALAM VA MINKAS SALAM ..." duosini òqiyman qolimni duoga ochib, keyin 2 rakat farzni òqib bolgach ham huddi shunday. Keyin esa yana boshqattan duoga qòl ochib duo qilaman. Vaziyatga qarab duo qilishimdan oldin OYATAL KURSIY va tasbeh aytaman .Bu ishimchi toĝrimi

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh. Alloh ishlaringizga baraka bersin, ibodatlarga O'zi kuch-quvvat ato etsin. Og'ir mehnat qilayotganda ham ibodatlarga beparvo bo'lmaslik haqiqiy musulmonning ishi, doim shunday holda bardavom bo'ling.

  • Bir oyni niyat qilib kelsangiz, siz muqim bo'lasiz, shuning uchun namozlarni qasr qilib emas, balki to'liq o'qiysiz.
  • Tikon kirganda qon juda kam chiqib, joyida qotib qolsa, tahorat ketmaydi, ammo atrofga yoyilsa yoki oqsa, tahorat ketadi.
  • Aytgan suralarni o'qib to'g'ri qilyapsiz. Boshqa suralarni ham o'qishingiz mumkin.
  • Oxirgi savolda so'ralgan holat ham to'g'ri. Oyatal kursiy va tasbehlarni namozning oxirida qilasiz, sunnat uchun alohida, farz uchun alohida qilmaysiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar