NAMOZ

ID: 6825

31.01.2026

84

Savol:

Assalamu alaykum savolim bor edi Xufton Va bomdod namoziga uxlab kolinsa Va ish bn bulib peshin namozi kirib kolsa shunda kazo bulgan Xufton Va bomdod namozigi kanday ukiladi Raxmat Javob uchun

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh. Avvalo iloji boricha namozni qazo qilmang, xuftonni o'qimay uxlashga yotmang. Mabodo qazo bo'lib qolsa, iloji boricha tezroq qazosini o'qib oling. Agar hozirgacha bo'yningizda qazo bo'lib qolib ketgan namozlar olti mahalga etmagan bo'lsa, siz "sohibi tartib" hisoblanasiz. Bu holatda siz avval xuftonning, keyin bomdodning qazosini o'qiysiz. Shundan keyingina peshinni o'qiy olasiz. Agar hozirgacha bo'yningizda olti mahal yoki undan ortiq namoz qazo bo'lib turgan bo'lsa, siz "sohibi tartib" hisoblanmaysiz. Shuning uchun qazolar o'rtasida tartib saqlamay, istagan ko'rinishda o'qishingiz mumkin. Istasangiz avval peshinni o'qib olib, keyin qazo o'qisangiz ham, yoki avval qazolarni o'qib olib, keyin peshin o'qishingiz ham mumkin. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar