Hurmatli ustozlar, namozni o‘zi eshitadigan darajada o‘qish kerakligini o‘qigandim, lekin jamoat bilan namoz o‘qiyotganda qiroatim boshqalarga ham eshitinadi, shunda namozim jahriy bo‘lib qolmaydimi? Agar yolg‘iz shunday o‘qisam chi? 2) Agar mahfiy qiroatdagi bazi so‘zlar o‘ziga eshitilmasa namoz durust bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun rahmat!
Bismillahir Rohmanir Rohim. Namozda jahriy yoki maxfiy degan hukmlar qiroat ya’ni Fotiha va zam suraga tegishlidir va bu farz namozlarida ba’zan vojib, ba’zan esa ixtiyorli bo‘ladi. Namozda lab til yordamida harflarni talaffuz qilish bu namozdagi barcha zikr tasbehlar, qiroatu duolarga tegishli. Bunda o‘zi eshitar darajada pichirlab o‘qish nazarda tutilgan. O‘zi eshitmasada tili qimirlab harflarni to‘g‘rilab aytishni ham joiz degan ulamolar bor. Demak, Bomdod, Shom, Xufton namozlarini farzlarining avvalgi ikki rakatida Fotiha va zam surani ovoz chiqarib o‘qish jamoat bilan o‘qilganida imomga vojib bo‘ladi, yolg‘iz o‘qiyotigan namozxonga esa ixtiyorli bo‘ladi. Peshin va Asr namozlarida hammasi ichida o‘qiladi. Ichida, maxfiy degani harflarni til va lab yordamida talaffuz qilmasdan degani emas. Maxfiyni chegarasi o‘zi eshitmog‘idir. Jahriy esa eng kamida yonidagilar eshitmog‘idir. Namozdagi duolar jahriy o‘qilmaydi. Vallohu a’lam.