NAMOZ

ID: 2908

29.09.2025

65

Savol:

Assalomu aleykum, Namozda 1 rakatda 3 yoki 4 ta kichik suralarni jamlab zam sura qilsa bo'ladimi?

Javob:

Va alaykum assalom. Bismillahir Rohmanir Rohim. Namozda Fotihadan so‘ng zam sura o‘qish vojib amal hisoblanadi. Bunda eng kami uch oyat qisqa yoki bitta uzun oyat o‘qish vojibdir. Demak, zam suraning eng kam miqdori belgilab qo‘yilgan. Ko‘pini esa chegarasi yo‘q. Ammo mu’tabar fiqhiy manbalarda farz namozlarida bir rakatda bitta sura bilan kifoyalanish mahbub ekani, sunnat va nafl namozlarida ikkita-uchta sura o‘qishning zarari yo‘q ekani bayon qilingan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar