NAJOSATNING CHIQISHI VA TAHORATNING SINISH CHEGARASI

ID: 6335

20.01.2026

161

Savol:

Assalomu alaykum. Men tahorat qilishdan oldin yaxshilab istibro qilib, undan keyin ehtiyot юzasidan zakar uchiga paxta qo'yib (tiqib), so'ng tahorat qilaman. Namoz o'qib bo'lgach, ba'zan paxtani olib ko'rsam, u anchagina namlangan bo'ladi, lekin tashqariga najosat chiqmagan bo'ladi. Savolim shuki: tahorat sinishi uchun najosat a'zodan tashqariga chiqishi shartmi yoki ichkariga qo'yilgan paxtaning nam bo'lishi bilan tahorat sinadimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Paxtaning faqat ichkaridagi qismi namlanishi tahoratni buzmaydi. Chunki najosat tashqariga chiqmagan hisoblanadi. Agar namlik paxtaning tashqaridan ko'rinib turgan qismiga o'tsagina, tahorat sinadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar