NAFL RO‘ZADA OG‘IZ YOPISH VAQTI

ID: 4065

10.11.2025

722

Savol:

Assalomu alaykum. Nafl ro‘zasi haqida savol bermoqchi edim. Har haftaning dushanba va payshanba kunlari tutiladigan ro‘zada og‘iz yopish vaqti bomdod azonidan qancha oldin bo‘lishi kerak? Yoki bomdod azoni kirgunga qadar og‘izni yopsak bo‘laveradimi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Nafl ro‘zasida ham saharlikni tugatish vaqti, xuddi ramazon ro‘zasidagi kabi, bomdod namozining kirish vaqti bilan belgilanadi. Siz azonga emas, aynan shu taqvimdagi vaqtga tayanishga harakat qiling. Chunki ramazondan boshqa paytlarda muazzinlar gohida azonni o‘z vaqtida aytishga ulgurmay qolib, vaqt kirganidan biroz keyinroq boshlashlari ehtimoli bor. Shu sababli, ehtiyot yuzasidan, taqvimdagi ko‘rsatilgan vaqtdan 5-10 daqiqa oldinroq yeb-ichishni to‘xtatish afzaldir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar