Kunduzgi nafl namozlarini 4 rakatdan, kechgilarini 2 rakatdan o‘qish sunnat amali, deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Fiqhiy kitoblarimizda kechada ham, kunduzda ham bir salom bilan to‘rt rakat qilib o‘qish afzal hisoblanadi, deyilgan.
عن عائشة: «أن النبيّ صلى الله عليه وسلم كان يصلّي بالليل أربعاً، لا تسأل عن حسنهن وطولهن، ثم يصلي أربعاً، لا تسأل عن حسنهن وطولهن، ثم يصلي ثلاثا
Nabiy sollallohu alayhi vasallam tunda to‘rt rakat o‘qir edilar. Uning go‘zalligi va uzunligi haqida so‘rama. Keyin to‘rt rakat o‘qirdilar. Uning ham go‘zalligi va uzunligi haqida so‘rama. So‘ngra uch rakat o‘qirdilar (Imom Buxoriy rivoyati).
عن عائشة تقول: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم يصلّي الضحى أربع ركعات لا يفصل بينهن بسلام
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zuho namozini salom bilan bo‘lmasdan to‘rt rakat o‘qirdilar. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.