NAFL NAMOZIDA O‘ZBEK TILIDA DUO QILSA BO‘LADIMI?

ID: 373

04.04.2025

6

Savol:

Nafl namozda sajda qilingan paytda duoni o‘zbekcha qilsa bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Nafl namozlarida o‘zbek tilida duo qilib bo‘lmaydi. Ulamolarimiz asosan hadislarda vorid bo‘lgan duolarni aytib, duo qilishni tavsiya qilganlar. Jumladan, Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda aytilishicha Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sajdada mana bu duoni qilganlar:

اللَّهُمَّ اغْفِرْ لي ذَنْبِي كُلَّهُ: دِقَّهُ وَجِلَّهُ، وَأَوَّلَهُ وَآخِرَهُ، وَعَلاَنِيَتَهُ وَسِرَّهُ (رواه الامام مسلم)

O‘qilishi: “Allohum-mag‘firli zanbiy kullah, diqqahu va jillah va avvalahu va oxiroh va aloniyatahu va sirrah”.

Ma’nosi: “Yo Alloh! Mening hamma gunohlarimni kechir, kichigini ham, kattasini ham, avvalgisini ham, oxirgisini ham, ochig‘ini ham, maxfiysini ham kechir” (Imom Muslim rivoyatlari).

Rasuli akram alayhissalom nafl namozlarda bundan boshqa duolari ham rivoyat qilingan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar