Agar bir inson sajda oyatni o'qisa unga va eshitganlarga sajda vojib bo'ligini bilib oldim. Lekin bir odam aynan sajda oyatni tarjimasi yoki manosini o'qisa yoki eshitsa unga sajda vojib bo'ladmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Sajda oyatining tarjimasini o'qigan odam sajdai tilovat qiladi. Tarjimani eshitgan odam uni Qur'oni karim ekanini bilsa, sajdai tilovat qiladi, bilmasa, qilmaydi. Vallohu a'lam.