Men yaqinda Alaq surasini yodladim uning oxirgi oyatida sajda oyati ekan endi nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi? Keyin suralarning o‘rtasida yoki oxirida sajda oyati kelyapti shunda namoz payti qaday qilib sajda qilinadi? Alaq surasini yodlash davomida juda ko‘p qaytardim endi qancha sajda qilaman?
Bismillahir rohmanir rohim Qur'oni karimning quyidagi 14 ta surasida sajda oyatlari bor:
Mana shu oyatlardan birini o'qigan yoki eshitgan kishi (forscha o'qisa ham) ma'nosini tushunadimi yoki yo'qmi, eshitishni xohlaganmi yoki yo'qmi, tilovat sajdasini qilishi vojib bo'ladi. Faqatgina hayz ko'rgan va nifos holatidagi ayollar bu oyatlarni eshitsalar sajda qilmaydilar. Tahoratsiz yoki junub kishi sajda oyatlarini eshitsa, sajda qilishi vojib bo'ladi (ya'ni, poklangach, sajda qiladi). Tilovat sajdasini kechiktirish tanzihiy makruh hisoblanadi (ya'ni, imkoni boricha tezroq qilgani yaxshi).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday dedilar:
عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه و سلم إذا قرأ بن آدم السجدة اعتزل الشيطان يبكي يقول يا ويله أمر بالسجود فسجد فله الجنة وأمرت بالسجود فعصيت فلي النار
“Odam bolasi sajda (oyati)ni o'qiganda shayton undan yig'lab uzoqlashadi. Aytadiki, ey voh! (inson) sajdaga buюrildi va sajda qildi, unga jannat bo'ldi. Sajda qilishga buюrildim va osiylik qildim, do'zaxiy bo'ldim” (Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyati).
Tilovat sajdasini qilish uchun xuddi namozdagi kabi, tahoratli holatda, badan, kiyim, joy pok bo'lishi shart. Qiblaga qarab turiladi. Qalb bilan niyat qilinib, til bilan: “Alloh taolo uchun tilovat sajdasi qilishni niyat qildim”, deyiladi va qo'l ko'tarmasdan “Allohu akbar”, deb sajdaga boriladi. Xuddi namozdagidek sunnatga muvofiq bir marta sajda qilinadi, sajdada kamida uch marta “Subhana robbiyal a'la”, aytiladi. Sajdadan bosh ko'targanda “Allohu akbar” deb o'rindan turish, keyin yana o'tirish mustahabdir. Tilovat sajdasida tashahhud o'qilmaydi, salavot va salom berilmaydi.
Tilovat sajdasini namozni buzuvchi narsalar buzadi. https://t.me/diniysavollar/180
Sajda oyatlarini yozish bilan tilovat sajdasi vojib bo'lmaydi. Namozda o'qilgan sajda oyati namozda ado qilinadi. Sajda oyatiga kelganda bitta sajda qilib, so'ng turiladi va qiroat kelgan joyidan davom ettiriladi. Namozdan tashqarida esa, sajda oyatini o'qigan kishi oldinga chiqishi, eshitganlar orqada saf bo'lib sajda qilishlari mustahabdir.
Bitta oyatni bir joyda o'tirib qancha o'qisa ham bitta sajda qilinadi. Lekin, bir oyat turli joylarda o'qilsa, joyning soni, yoki bitta joyda turli oyatlarni o'qisa, oyatlarning soniga qarab sajda qilinadi.
Bitta xona va masjidning turli joylari ham bitta joy hisoblanadi. Bir joyda ko'p o'tirsa, bir luqma esa yoki bir qultum suv ichsa, o'rnidan tursa, yoki bir-ikki qadam юrsa ham joy bitta hisoblanadi. Tasbeh, tahlil va qiroatga mashg'ul bo'lib qolsa ham, joy o'zgargan hisoblanmaydi.
Ko'p ishga kirishsa: ko'p esa, chalqancha yotib uxlasa yoki savdo qilsa, joy o'zgargan hisoblanadi va keyingi tilovatiga yana sajda qilishi vojib bo'ladi (“Maroqil falah”, “Fatavoi hindiya”). Vallohu a'lam.