16 haftalik bola ona qornida юragi to'xtab nobud bo'lgan va 20 kun vaqt o'tganidan so'ng tekshiruv orqali aniqlangan. Sun'iy to'lg'oq chaqirib, bola tug'dirib olingan. Savol: Nobud bo'lib tug'ilgan bolaga ism qo'yib, janoza o'qib ko'mish kerakmi? Agar faqat kafanlab, duo qilib qabristonga ko'milgan bo'lsa, hukmi qanday bo'ladi? Bolaga aqiqa ham qilish kerakmi? Ona xuddi 9 oy bola ko'tarib tuqqandan so'ng 40 kun namozi uzrli bo'lganidek, 4 yarim oylik bolani tuqqan onaga ham shunday hukm bo'ladimi, agar og'riqlari bo'lsa?
Bismillahir Rohmanir Rohim. 16 haftalik, ya'ni 4 oylik homilaning a'zolari odatda shakllangan bo'ladi. Bunday holatda o'lik tug'ilgan bola юviladi, unga ism qo'yiladi va matoga o'rab dafn etiladi. Lekin unga janoza namozi o'qilmaydi va aqiqa qilinmaydi. Shunday ekan, janoza o'qimasdan, kafanlab dafn qilganingiz to'g'ri bo'lgan.
Bolaning a'zolari shakllangani uchun onadan kelgan qon nifos hisoblanadi. Ayol qon to'xtaguncha, ammo ko'pi bilan qirq kun namoz va ro'zadan tiyilishi lozim. Agar qirq kundan oldin qon to'xtasa, g'usl qilib ibodatlarini davom ettiraveradi. Vallohu a'lam.