SAVDODA FOYDANI AYTISH

ID: 4369

20.11.2025

76

Savol:

Assalamu alaykum. Masalan, bir kishi menga bir mahsulotni "olib kel, bo'lib-bo'lib to'lashga olaman" desa, men bozorga borib, u aytgan narsani sotib olib, keyin xaridorga bo'lib-bo'lib to'lashga olib kelganimda, necha pulga olganimni va ustiga qancha qo'yganimni aytishim shartmi? Bu qaysi savdo turiga kiradi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Mahsulotni avval o'z mulkingizga kiritib, so'ng xaridorga sotganingizda, uni necha pulga olganingizni aytish shart emas. Agar tannarx va foydani ochiq aytib sotsangiz «murobaha», aytmasdan o'zaro kelishilgan narxda sotsangiz «musovama» savdosi bo'ladi. Har ikki holatda ham bo'lib to'lash (ya'ni, nasiya) joiz, faqat yakuniy narx va to'lash muddatini aniq belgilab olish shartdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar