Assalomu alaykum. Tahorat qilayotganda, tahoratda юviladigan a'zolardan oqib tushgan suv badanga yoki kiyimga tegsa zarari bormi?
Vaalaykum assalom. Tahoratda ishlatilgan suv, agar badandagi najosatni юvib tushmayotgan bo'lsa, pok sanaladi. Shu bois tahorat suvining badan yoki kiyimga, garchi ko'p miqdorda bo'lsa ham, sachrashi yoxud tomishi namozning durust bo'lishiga hech qanday to'sqinlik qilmaydi. "Fatovoi Olamgiriya" kitobida ushbu masala xususida bunday deyilgan:
إذَا مَسَحَ أَعْضَاءَهُ بِالْمِنْدِيلِ وَابْتَلَّ حَتَّى صَارَ كَثِيرًا أَوْ تَقَاطَرَ الْمَاءُ مِنْ أَعْضَائِهِ عَلَى ثَوْبٍ مِقْدَارَ الْكَثِيرِ الْفَاحِشِ جَازَتْ الصَّلَاةُ مَعَهُ؛ لِأَنَّ الْمَاءَ الْمُسْتَعْمَلَ طَاهِرٌ عِنْدَ مُحَمَّدٍ وَهُوَ الْمُخْتَارُ
«Agar (tahorat qiluvchi) a'zolarini sochiqqa artsa va u hatto siqsa suv oqadigan darajada ho'l bo'lib ketsa yoki a'zolaridan kiyimiga fohish (ko'p) miqdorda suv tomib tushsa ham, o'sha kiyim bilan namoz o'qish joizdir. Chunki musta'mal suv Imom Muhammad nazdida pokdir va fatvo uchun ixtiyor qilingan qavl ham shudir». Vallohu a'lam.