Bizlar Umrada ko'p ko'ramiz, safardagi kishi, masalan, safarda Juma namozi kirgan paytda haydovchiga "To'xta" deymiz. U "Masjid yo'q yo'lda" deydi. Biz Juma namozini qazo qilgan bo'lamizmi shunda yoki qazo bo'lmaydimi safardagi kishiga?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, safardagi kishiga juma namozi farz bo'lmagani uchun, uni o'qimaslik gunoh yoki qazo hisoblanmaydi. Yo'lda masjid topilmasa, juma namozi o'rniga peshin namozini ikki rakat qasr qilib o'qib olasizlar. Shu sababli xavotirga o'rin yo'q. Peshin o'qishingiz bilan zimmangizdagi farz to'liq ado etilgan bo'ladi. Vallohu a'lam.