Fargonada yashayman, rasmiy ofisimiz Polshada joylashgan, u erdan kolgan evropa davlatlariga borib ishlayman (fura mashina xaydovchisiman), bir davlatda 1-2 kun turaman, keyin yana boshka davlatga ketaman, xar yili 8-10 oy ishlab Fargonaga kaytaman, shu xolatim buyicha namozlarimni kanday ukishim kerak
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, siz bu holatda musofir hisoblanasiz va to'rt rakatli farz namozlarni ikki rakatga qasr qilib o'qiysiz. Chunki siz manzilingizdan 90 km.dan uzoqda 4 kun, so'ng boshqa joyda 3 kun turasiz. Musofir bir shahar yoki qishloqda kamida 15 kun turishni niyat qilmagunicha muqimga aylanmaydi. Garchi siz jami 8-10 oy safarda юrsangiz ham, 15 kun bir joyda turishni qasd qilmagansiz. Bu haqida fatvolarda shunday deyilgan: وَلَوْ نَوَى الْإِقَامَةَ خَمْسَةَ عَشَرَ يَوْمًا فِي مَوْضِعَيْنِ فَإِنْ كَانَ كُلٌّ مِنْهُمَا أَصْلًا بِنَفْسِهِ نَحْوَ مَكَّةَ وَمِنًى وَالْكُوفَةِ وَالْحِيرَةِ لَا يَصِيرُ مُقِيمًا وَإِنْ كَانَ أَحَدُهُمَا تَبَعًا لِلْآخَرِ يَصِيرُ مُقِيمًا “Musofir ikkita joyda 15 kun turishni niyat qilsa, agar ulardan har biri Makka va Mino hamda Ko'fa va Hirot shaharlari kabi asliy (alohida) shahar yoki qishloq bo'lsa, muqimga aylanmaydi. Agar ulardan biri boshqasiga tobe bo'lsa, u holda muqimga aylanadi” (“Fatovoi olamgiriyya” kitobi). Vallohu a'lam.