MUSHAK O'STIRISH UЧUN GORMON QABUL QILISH

ID: 6592

26.01.2026

87

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Hozirgi kunda ayrim kishilar testosteron, steroidlar va boshqa gormonal preparatlarni mushak massasini oshirish, tanani kattalashtirish, jismoniy kuchni ko'paytirish yoki tashqi ko'rinishni o'zgartirish maqsadida shifokor tavsiyasisiz qabul qilmoqdalar. Ushbu amallarning shar'iy hukmi qanday? Shuningdek, agar testosteron, steroid yoki boshqa gormonal preparatlar shifokor ko'rigidan o'tib, organizmda etishmovchilik aniqlanganidan so'ng davolanish maqsadida buюrilsa, bunday holatda ularni qabul qilish joizmi yoki yo'qmi? Iltimos, masalaga Qur'on va sunnat asosida shar'iy tushuntirish bersangiz. Jazakumullahu xayran.

Javob:

Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarakatuh. Islom shariatida inson o'z sog'lig'iga bila turib zarar etkazishi taqiqlangan. Shu bois bunday dorilarni tibbiy zaruratsiz, faqat mushak o'stirish maqsadida qabul qilinsa va ular sog'liqqa zarar etkazishi aniq bo'lsa, u holda ularning iste'moli durust emas.

Ammo, agar malakali shifokor tashxisi bilan organizmda gormon etishmovchiligi aniqlanib, davolanish maqsadida buюrilsa, u holda bunday vositalardan foydalanishga shar'an ruxsat beriladi. Zero, dinimiz salomatlikni saqlashga va xastaliklarni davolashga buюrgan. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar