Assalomu alaykum, muroqabaga davomli amal qilish uchun eng yaxshi qaysi usulni maslahat berasiz, har nafasda Alloh ko'rib turibdi degan o'y bilan bo'lish uchun
«Muroqaba» so‘zi arab tilida «kuzatib turish», «poylash» ma’nolarini anglatadi. Ulamolar muroqabani quyidagicha ta’riflaganlar: «Muroqaba bandaning davomli ravishda Alloh subhanahu va taolo uning zohiri va botinidan xabardor bo‘lib turganini bilishi va ishonishidir», degan. Alloh taoloning muhabbati ila mashg‘ul bo‘lgan solik bo‘lish va ehson maqomiga erishish uchun sahih hadisda kelgan «Allohga xuddi Uni ko‘rib turganing¬dek, agar sen Uni ko‘rmasang, U seni ko‘rib turgandek ibodat qilmog‘ing», degan holatga yetish kerak. Alloh taolo Qur’oni Karimda muroqaba ma’nosini ikki marta zikr qilgan. إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا «Albatta, Alloh ustingizdan raqobat etuvchi Zotdir» («Niso» surasi, 1-oyat). Demak, ehson bandaning Allohni ko‘rib turgandek ixlos bilan ishonmog‘i, hayot kechirmog‘idir. Juda bo‘lmasa, «Alloh meni ko‘rib turibdi», degan ishonch bilan, o‘shanga yarasha amal bilan yashamog‘idir. Bu darajaga yetmagan shaxs esa ehson-ixlos darajasiga yetmaydi.