1. Men sotib foydalanish maqsadida 400 mln so'mlik tovarni 3 yilda bo'lib to'lash sharti bilan 472 mln so'mga oldim. Har 3 oyda 40 mln so'mdan to'lab boraman. Yilning boshida oldim, muddati kelmaganligi uchun hali biron marta to'lov qilmadim. Tovar menda, lekin shu tovar uchun 472 mln qarzim bor. Zakotni hisoblashda shu 472 mln so'm nisobdan ayirib hisoblaymanmi? 2. O'tgan yili 500 mln so'mga 2 yilda bo'lib to'lash sharti bilan yangi qurilayotgan uylardan birini sotib oldim. Uy hali bitmadi. Uyni sotish maqsadida olmaganman. Uy uchun shu kungacha 150 mln so'm to'lov qilganman. Lekin bitmagan bo'lsada Kelasi yilning yarmigacha 350 mln so'm yana to'lov qilishim kerak. Shu holatda bu majburiyatim nisobga qanday ta'sir qiladi?
Va alaykum assalom va rohmatulloh, siz jami qarzlaringizni ayirib tashlab, qolgan pulingiz 100 mlnga etsa, yoki undan oshsa, o'sha summadan zakot chiqarasiz. Ammo qarzlarni chiqarishda shu yilning oxiriga qadar to'lanadigan summani chiqarasiz xolos, ya'ni kelgusi 2027-yilning qarzlarini ayirib tashlamaysiz. Yanada batafsil javob olmoqchi bo'lsangiz, kol markazimizga, ya'ni 781503344, yoki 1171 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilib batafsilroq so'rab oling. Vallohu a'lam.