MUHAMMAD SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING UMMATLARI

ID: 3773

30.10.2025

51

Savol:

Assalomu alaykum, ustozlar. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam ummatlariga kimlar kiradi? Faqat iymon keltirgan musulmonlarmi yoki boshqa din vakillari ham ummat hisoblanadimi?

Javob:

Va alaykum assalom. Ummat tushunchasi ikki turga bo‘linadi. Birinchisi "Ummati ijobat" bo‘lib, bunga faqatgina Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgan va u zotga ergashgan mo‘min-musulmonlar kiradi.

Ikkinchisi "Ummati da’vat" bo‘lib, bunga esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar etib yuborilgan butun insoniyat iymon keltirgan yoki keltirmaganidan qat’i nazar, barcha xalqlar kiradi.

Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jamiki olamlarga payg‘ambar qilib yuborilganlar. Shunday ekan, keng ma’noda boshqa din vakillari ham u zotning ummati hisoblansa-da, xos ma’noda ummat so‘zidan faqat musulmonlar nazarda tutiladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar