Misvok ishlatganimda milklarimdan qon chiqadi, tahoratim buziladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
الْمُتَوَضِّئُ إذَا عَضَّ شَيْئًا فَوَجَدَ فِيهِ أَثَرَ الدَّمِ أَوْ اسْتَاكَ بِسِوَاكٍ فَوَجَدَ فِيهِ أَثَرَ الدَّمِ لَا يَنْتَقِضُ مَا لَمْ يَعْرِفْ السَّيَلَانَ.
Tahoratli kishi biror narsani tishlaganda yoki misvok qilganda qonning asoratini ko‘rsa tahorati buzilmaydi. Agar biror narsani tishlagandan so‘ng yoki misvok qilayotganda oqadigan darajada ko‘p qon chiqsa (ya’ni, qon tufukdan ko‘p yoki teng bo‘lsa, masalan tufuk qizarishiga o‘xshash), unda tahorat buziladi. (Fatovoi Hindiya).
Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.