Meni kasbim taksichilik. Shaharlar viloyatlar aro odam tashib kira qilaman. Ko‘pincha juma kunlari safarda bo‘lib qolaman. Shunda menga juma namozini o‘qishlik vojibmi yoki peshin namozini o‘qisam bo‘laveradimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Juma namozi musofirga vojib emas, lekin imkon topib juma namozini o‘qisa, uning namozi juma namozi sifatida ado etilgan bo‘ladi va peshin soqit bo‘ladi.
وَلَا تَجِبُ الْجُمُعَةُ عَلَى مُسَافِرٍ لِأَنَّهُ تَلْحَقُهُ الْمَشَقَّةُ بِأَدَائِهَا ؛ لِأَنَّهُ يَنْقَطِعُ بِانْتِظَارِ الْإِمَامِ عَنْ سَفَرِهِ فَسَقَطَتْ عَنْهُ كَالصَّوْمِ جوهرة النيرة
"Juma namozi musofirga vojib emas. Chunki juma namozini o‘qishda unga mashaqqat yetadi. Chunki imomni kutib safardan qolib ketadi. Shuning uchun ro‘za kabi juma ham undan soqit bo‘ladi" ( Javharatun nayyira). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.