Assalomu alaykum Ismim Yusuf, xoji bo’lganman, islomiy amallarni qoldrmasdan toliq ado etishga harakatdaman, lekin bir savolim bor: men musofirda ishlayman, hozir oilaviy ahvol biroz qarzga kirganligi tufayli hozir juda ko'p va qattiq mehnat qlyapman. Savol shundaki, yaqin kunda ro’za kirib keladi, men esa tutishga qiynalaman, sabab ishim juda og’ir mehnat talab qiladi va qorin tez ochib qoladi, har ikki soatda suv ichaman hozir qarz tufayli halovat yo'q. Allohga shukur yaxshi pul topyapman, keyin buyragimni biroz shomollatib qoyganman, suv ichmasam juda qattiq og’riydi. Din bu yengilik shunday emasmi, ro'za uchun boshqa 1 oyni ajratsam vatanga qaytganda ado etib bersam boladimi. Hozir topayotgan pulimdan miskinlarni qornini toygazsam boladimi shu haqida aytib bering iltimos
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Qiyin sharoitda ham halol yashash, qarzdan chiqish, oilasini ta'minlash uchun jon kuydiryapsiz. Buning o'zi katta savob, insha Alloh. Alloh taolo ishingizga baraka bersin, ibodatlarga o'zi kuch-quvvat bersin. Endi bevosita savolingizga kelsak, albatta, islom engillik va osonlik dini. Alloh taolo bandalariga mashaqqatni, qiyinchilikni istamaydi. Shuning uchun ham musofir yoki bemor kishiga ro'za tutmaslikka ruxsat etilgan. Alloh taolo Baqara surasi 185-oyatida shunday marhamat qiladi: “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda (o'z yashash joyida) hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin. Kimki bemor yoki safarda bo'lsa, (tuta olmagan kunlarining) sanog'i boshqa kunlardandir. Alloh sizlarga engillikni istaydi, og'irlikni xohlamaydi”. Ushbu oyatga ko'ra musofir yoki bemor kishilar ro'za tutmasliklariga ruxsat bor, qazosini boshqa kunda tutib beradilar. Ammo oyatda ruxsat berilgan musofir bo'lishning ham o'z shartlari bor. Xalqimizda o'z юrtidan uzoq bo'lgan har qanday kishini musofir deyiladi. Lekin shariatda юrtidan uzoq bo'lgan hamma kishi ham musofir bo'lavermaydi. Musofir – o'z юrtidan kamida 90 km uzoqlikda bo'lgan va bir shahar yoki qishloqda 15 kun yoki undan ortiq yashashni niyat qilmagan kishidir. Agar siz ham mana shu ta'rifga to'g'ri kelsangiz, ro'za tutmasligingiz mumkin, vatanga qaytganda qazosini tutib berasiz. Ammo vatandan uzoqda bo'lsangiz ham bir shahar yoki qishloqda 15 kun yoki undan ko'p turishni niyat qilgan bo'lsangiz, musofir hisoblanmaysiz. Bu holatda musufirga berilgan ruxsat sizga tegishli bo'lmay qoladi. Bu holatda sizga echim shuki, har 14 kunda turgan joyingizdan 90 km uzoqlikka borib kelsangiz, musofir hisoblanasiz va ro'za tutmasligingiz mumkin bo'ladi. Bemor kishiga ham ro'za tutmaslikka ruxsat berilgan, ammo bu har qanday bemor emas, balki ro'za tutsa, halok bo'lishi, biror a'zosiga talofat etishi, yangi kasallik paydo bo'lishi, mavjud bemorligi ziyodalashishi xavfi bo'lsa, ana shunday bemorlar ro'za tutmasliklari mumkin. “Buyragim kasal, suv ichib turmasam, juda qattiq og'riydi” debsiz, agar ro'za tutsangiz buyragingiz haqiqatan juda qattiq og'risa yoki kasallik yanada ziyoda bo'lsa, unda ushbu bemorlik sababli sizga ro'za tutmaslikka ruxsat bo'ladi. Ammo og'iz yopishdan avval etarlicha suv ichib olsangiz, buyragingiz og'rimaydigan bo'lsa yoki umuman ro'za tutish buyragingizga salbiy ta'sir qilmaydigan bo'lsa, ro'za tutishingiz kerak. Buni tajriba qilib ko'rish yoki mohir musulmon shifokorning gapiga tayanib bilish mumkin. Vallohu a'lam.