MEHNATI UCHUN VASIYAT

ID: 213

04.04.2025

30

Savol:

Agar bir nasroniy kishi musulmon odamga qilgan mehnati uchun unga molidan vasiyat qilib qoldirsa, musulmon uchun halolmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

To‘rt mazhab ulamolarining ittifoqiga ko‘ra, musulmon kishi g‘ayridin kishining vasiyat qilgan molini qabul qilib olishi joiz. Bu xuddi g‘ayridinning sovg‘asini qabul qilishga o‘xshaydi (“Al-Mug‘niy” kitobi).

Lekin g‘ayridin yaqin qarindosh tomonidan meros qolgan molni olishi joizmas. Chunki payg‘ambarimiz alayhissalom o‘zlarining hadislarida:

لا يرث المسلم الكافر ولا الكافر المسلم

“Musulmon kofirdan meros olmaydi, kofir musulmondan”, deganlar (Muttafaqun alayh). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar